Toshkent shahar IIBB boshligʻining shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-07-29 12:00:00 / Yangiliklar

Aholi murojaatlarini bevosita oʻrganish maqsadida poytaxt IIBB boshligʻi polkovnik Ravshan Sultanxodjayev tomonidan shaxsiy qabul oʻtkazildi. Mirobod tumanida joylashgan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti binosida oʻtkazilgan qabul davomida ellikka yaqin fuqarolarning murojaatlari oʻrganildi. Ularning 17 tasi joyida ijobiy xal etildi, 5 tasi boʻyicha tushuntirish berildi hamda koʻrib chiqishga qoʻshimcha muddat talab etadigan 26 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib ijro muddatlari belgilandi.
Murojaatlarning barchasi bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, 19 tasi surishtiruv va tergov harakatlari yuzasidan; 9 tasi mol-mulk va pul oldi-berdi masalasida; 14 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish va qayta tiklash; 2 tasi Profilaktika inspektori xatti-harakatidan norozilik; 2 tasi Afv etish va muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinish va ijtimoiy masalada moddiy yordam koʻrsatish hamda 2 tasi tashakkurnoma bildirish mazmunidagi murojaatlarni tashkil etdi.
Bu kabi shaxsiy va sayyor qabullar aholi murojaatlarini bevosita oʻrganish, aholining tizimga boʻlgan ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati







