Surxondaryo viloyati IIB Qoʻriqlash boshqarmasida “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
2025-07-29 11:30:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlari tizimida ayollar faolligini oshirish, ularning irodasi, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlash, vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish maqsadida “Toʻmaris izdoshlari” musobaqasi oʻtkazilib kelinmoqda. “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat qilayotgan xotin-qizlar oʻrtasida tashkil etilgan musobaqaning viloyat bosqichi ham yuqori saviyada, koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqa buyuk ajdodimiz – jasorat timsoli Toʻmaris qahramonligiga munosib izdoshlardan boʻlgan bugungi zamonaviy ayollarimizning iqtidori, bilimi, jismoniy va jangovar tayyorgarligi va ruhiy bardamligini namoyon etishga xizmat qildi.
Yakunida belgilangan barcha shartlar boʻyicha yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchi respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan xodimalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati







