Jizzax viloyati IIB rahbariyati navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi
2025-07-28 11:35:00 / Yangiliklar

Qabulda 30 ga yaqin fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalariga yechim izlandi.
Xususan, yer munosabatlari, mulkni qaytarib olish, ishga joylashish, huquqiy yordam, qonunbuzarga chora koʻrish, qarzini va firibgar tomonidan yetkazilgan zararni undirish yuzasidan koʻmak soʻraldi.
Viloyat IIB boshligʻi fuqarolar tomonidan koʻtarilgan har bir muammoga yechim topish maqsadida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat qidiruv, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash, tergov kabi sohaviy xizmatlari masʼullariga topshiriqlar berdi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati








