Fargʻona viloyat IIB rahbariyati tomonidan boshqarma binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabul oʻtkazildi
2025-07-28 11:15:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan qabullar oʻtkazildi.
Qabul davomida 37 nafar fuqarolardan turli masalalarda jami 38 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 8 tasi joyida ijobiy hal etildi.
9 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Koʻrib chiqish talab etilgan 22 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





