Ichki ishlar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishi: aholi muammolarini hal etishda samarali muloqot va amaliy yondashuv
2025-07-28 08:00:00 / Yangiliklar

Taʼkidlash joizki, Davlatimiz rahbarining topshiriqlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi shaxsiy va sayyor qabullar, aholi muammolarini hal etishda hamda fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega. Ushbu tadbir ham aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga, qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligi taʼminlanish qaratilgan.
Qabul jarayonida fuqarolardan jami 496 ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarning asosiy qismi davlat organlarining aholi bilan boʻlgan munosabatlaridagi kamchiliklar, huquqiy tushuntirishlar yoki muayyan xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlar bilan bogʻliq boʻlib, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, jinoyat ishlarini tergov qilish va surishtiruv jarayonlaridagi masalalar, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtishga oid, shuningdek mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish kabi masalalarni qamrab oldi.
Tadbirda, shuningdek, Davlatimiz rahbarining fuqarolar manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan tegishli qaror va topshiriqlarining ijrosini amalga oshirish hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan har bir fuqaroning muammosiga qonunchilik va adolat tamoyili asosida yondashish, aholining amaliy ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqib murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilishga qaratildi.
Qabul qilingan murojaatlardan 231 tasi (46 foizi) tegishli huquqiy asoslar bilan ijobiy hal etildi. Qolgan 265 ta murojaat (54 foizi) boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha soha maʼsullariga alohida vazifalar yuklatildi.
Shaxsiy qabul jarayonida masʼul rahbarlarga fuqarolarning murojaatlarini tezkor va samarali hal etish boʻyicha aniq va qatʼiy topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari tomonidan fuqarolar bilan oʻtkazilgan shaxsiy qabullar davomida jami 364 ta murojaatlar qabul qilingan boʻlib, ulardan jami 132 tasi (36 foizi) tadbir jarayonida ijobiy hal etildi.
Fuqarolardan kelib tushgan jami 232 ta murojaatlar (64 foizi) boʻyicha muammolar chuqur tahlil va oʻrganishni talab qilganliklari bois ijrosi nazoratga olinib, ularga aniq yechimlar topilishi maqsadida soha masʼullariga maxsus vazifalar yuklatildi.
Ichki ishlar vazirligi hamda hududiy organlarning rahbarlari tomonidan tashkil etilayotgan bunday shaxsiy qabul jarayonlari, fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, ularga qulay va samarali xizmat koʻrsatishga qaratilgan boʻlib, faoliyatning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, ushbu tadbirlar mamlakatimizda adolatli davlat boshqaruvi va aholi bilan davlat organlari oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va davlat xizmatlarini yengillashtirishga qaratilgan muhim yondashuvlar sifatida qabul qilinmoqda.









