Qashqadaryo viloyatida yoʻl-transport va huquqni muhofaza qilish sohalarida yangi loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi
2025-07-27 09:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati hokimi jamoatchilikka qulaylik yaratish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Yerqurgʻon bozori atrofida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yoʻl-transport infratuzilmasiga oid loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
Shu bilan birga, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi A.Ismoilov tomonidan Qashqadaryo viloyati markazidan olisda joylashgan shahar va tumanlar — Shahrisabz shahri, Kitob, Chiroqchi, Yakkabogʻ hamda Shahrisabz tumanlarida ichki ishlar organlari mintaqaviy boshqaruv tizimini joriy etish dasturi taqdim etildi.
Dastur doirasida viloyat hududida oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni jilovlash, oila institutini mustahkamlash hamda notinch, nizoli oilalar muammolarini ijobiy hal etish orqali sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga qaratilgan “Sogʻlom oila — yurt kelajagi“ dasturi ham namoyish etildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, jumladan Qarshi shahridagi Buyuk Turon koʻchasida barpo etilishi rejalashtirilgan viloyat IIB M va FR boshqarmasi, IIB JXX XPB, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi, viloyat IIB tibbiyot boʻlimi va sport majmuasi binolari loyihalari ham taqdim etildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati








