IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida yuqori rahbariyat va yosh ofitserlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-07-27 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda qoʻshin qoʻmondoni polkovnik Xasan Batirov Qurolli Kuchlar akademiyasi IIV harbiy tuzilmasiga ofitserlarni tayyorlash kafedrasini tamomlagan 49 nafar yosh ofitser leytenantlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida yuqori rahbariyat tomonidan yosh ofitserlarga harbiy, kasbiy, axloqiy-ruhiy,jangovar va jismoniy tayyorgarligini, huquqiy va bilim saviyasini doimiy tarzda oshirib borishlari lozimligi, shuningdek, halollik, yuksak vatanparvarlik hamda kasbga sodiq holda xizmat qilib zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishlari, buni natijasi oʻlaroq oʻz xizmat faoliyatida yaxshi natijalarga erishishida mustahkam asos boʻlishini taʼkidlab oʻtildi.
Endilikda ushbu yosh ofitserlar Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining tegishli buyrugʻiga koʻra, hududlardagi qoʻshinga qarashli harbiy qism va boʻlinmalarda oʻz xizmat faoliyatlarini boshlaydi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi Axborot guruhi



