Navoiyda Ramazon oyi davomida fuqarolarning masjidlarga xavfsiz qatnashi uchun amaliy ishlar olib borilmoqda
2024-03-12 10:35:00 / Yangiliklar

Inson qadr-qimmati oliy darajaga koʻtarilgan ona zaminimizda uning xavfsizligini taʼminlash ham oliy qadriyat sanaladi. Muborak Ramazon oyida fuqarolarning jome masjidlariga xavfsiz qatnashini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari ham tun-u kun harakatda.
Navoiy viloyati IIB boshligʻi va DXX rahbarlari Karmana tuman masjidlarida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi. Shuningdek, masjidning yongʻin va elektr xavfsizligi holatlari koʻzdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar shu joyning oʻzida bartaraf etish choralari koʻrildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



