Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Surxondaryo viloyati hududlarida oʻrganishlar olib borilmoqda
2025-07-25 11:20:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazir oʻrinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan Surxondaryo viloyati Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasida amalga oshirilayotgan bir qator ishlar yuzasidan yaqindan tanishdi.
Xususan, temir yoʻl obyektlarida yoʻlovchi fuqarolar va yoʻlovchi hamda yuk poyezdlarining harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayot ishlar, vokzal ishchilari, yoʻlovchi fuqarolar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash borasida bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan uchrashib, xodimlari tomonidan tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholining ijtimoiy huquqiy ongini mustahkamlash borasida jamoat joylarida va turizm namoyishi obyektlarida targʻibot profilaktik tadbirlari oʻtkazilishi borasida koʻrsatmalar berildi.
Oʻrganishlar davomida, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik “Termiziy maqbarasi”da boʻlib, ushbu maskanda xizmat qiluvchi viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining xizmat faoliyati koʻzdan kechirildi. Mazkur maskanda tashrif buyuruvchi chet el hamda mahalliy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash borasidagi sayyohlarga amaliy yordam koʻrsatish, shubhali holatlarga tezkor munosabat bildirish, turizm jozibadorligiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish ishlarini tizimli ravishda amalga oshirilishi yuzasidan bir qator koʻrsatmalar berildi.
Soʻng, vazir oʻrinbosari tomonidan mazkur boshqarmalar xodimlariga jangovar tayyorgarligini oshirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, xodimlar oʻrtasida psixologik va ruhiy holatlarini sogʻlomlashtirish, sodir etilgan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlarni batafsil oʻrganish va ularning oldini olish yuzasidan vazifalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









