Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ishchi guruhi Davlatobod tumanida oʻrganish ishlarini olib bordi
2025-07-25 11:25:00 / Yangiliklar

Ishchi guruhi navbatdagi oʻrganishlari Davlatobod tumanida davom etib, “Yangi tong“ va “Orzu“ mahallalari yettiligi va ichki ishlar boʻlimi xodimlarining mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash, tuman hududini jinoyatdan xoli hududga aylantirish va aholi bilan manzilli ishlarni tashkil etish yuzasidan amalga oshirgan ishlari atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganishlarda “Yangi tong“ mahallasi hududida sodir etilgan oila-turmush doirasidagi ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, bunday salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan masʼullarning faoliyati keskin tanqid qilindi. Kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish boʻyicha yettilik va mahallaga biriktirilgan xodimlarning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Shuningdek, ichki ishlar boʻlimi xodimlarning faoliyati va ish hujjatlari muhokama qilinib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ijrosida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullar qatʼiy ravishda ogohlantirildi.
Ishchi guruhning bu kabi oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






