Namangan viloyati IIB rahbariyati hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida mahalliy va xorijiy investorlar bilan navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi
2025-07-24 09:00:00 / Yangiliklar

Markaziy bank Namangan viloyati Bosh boshqarmasi binosida mahalliy va xorijiy investorlar bilan navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat sudi raisi Alisher Usmonov, viloyat prokurori Umirbek Madraximov hamda viloyat IIB boshligʻi Shuxrat Aliyev ishtirok etdi.
Muloqotda mahalliy va xorijiy investorlar, shuningdek, tadbirkorlar oʻzlarini qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, ichki ishlar organlari bilan bogʻliq takliflarini maʼlum qilishdi.
Viloyat rahbarlari tomonidan 50 nafarga yaqin tadbirkorning murojaatlari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





