Hududlarda ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlari uchun sayyor mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda
2025-07-24 09:00:00 / Yangiliklar

Mashgʻulotlar IIV Akademiyasi hamda Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi hamkorligida soha xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashkil qilindi.
Malakali mutaxassislar tomonidan hodisa joyini koʻzdan kechirish, ashyoviy dalillarni tadqiq qilishda kriminalistik usul va vositalarni qoʻllash, axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklar boʻyicha raqamli ekspertiza imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek soha faoliyatiga tatbiq qilinayotgan zamonaviy yondashuvlar oʻqitishning interfaol usullari yordamida tushuntirildi. Mashgʻulotlar yakunida xodimlarga maxsus sertifikatlar berildi.
Eslatib oʻtamiz, mashgʻulotlarning dastlabki bosqichi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida oʻtkazildi. Respublikamizning boshqa hududlarida ham bu kabi oʻquv yigʻinlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati









