Sudyalar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida 46-son manzil-koloniyasiga tashrif buyurdi
2025-07-24 09:00:00 / Yangiliklar

Birinchi mintaqaviy hududga qarashli 46-son manzil-koloniyasiga Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudi hamda tumanlar sudining sudyalari tashrif buyurishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad — koloniyada maxsus kontingent uchun yaratilgan yashash va mehnat sharoitlarini oʻrganish, shuningdek, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishishdan iborat boʻldi.
Sudya va mutasaddilar mavjud imkoniyatlarga ijobiy baho berib, muassasada olib borilayotgan samarali faoliyat yuzasidan iliq fikrlar bildirdilar.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati



