Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati Kogon shahar va Kogon tumani mahallalarida keng koʻlamli oʻrganish ishlarini olib bordi
2025-07-24 09:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligida Kogon shahar va Kogon tumanida keng koʻlamli oʻrganish va tahlil ishlarini amalga oshirdi.
Bunda asosiy eʼtibor kriminogen vaziyati bir muncha murakkab mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini oʻrganish va ularga amaliy yechim topishga qaratildi.
Oʻrganishlar Kogon shahrining Mirzo Ulugʻbek, Istiqlol, Bunyodkor, Mahtumquli, Xoʻjabargi, Bobur hamda Kogon tumanining Geofizika, Taraqqiyot, Tutkunda, Oʻbachoʻli, Yangihayot va Beklar mahallalarini qamrab oldi.
Jarayonda quyidagi yoʻnalishlar:
-mahallalardagi kriminogen vaziyat tahlil qilindi, jinoyatchilik holatlarini kamaytirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi;
-“qizil“ tofadagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar tahlili va kelgusida ushbu mahallalarni “yashil“ hududga aylantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi;
-aholining ijtimoiy va iqtisodiy muammolari oʻrganildi, ishsizlik, kommunal xizmatlar, yoshlarning bandligi, xotin-qizlar bilan ishlash kabi masalalar yuzasidan mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi;
-jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash doirasida noqonuniy qurilmalar va oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlar holati oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi;
-mahallalardagi infratuzilma holati (yoʻllar, yorugʻlik, kanalizatsiya, ichimlik suv taʼminoti) tahlil qilindi, zarur hollarda taʼmirlash, tiklash va yangidan qurish ishlari boʻyicha mahalliy hokimiyat va mutasaddilarga tavsiyalar berildi;
-qurilish va bunyodkorlik ishlari boʻyicha rejalar koʻrib chiqildi, mahallalardagi ijtimoiy obyektlar holati oʻrganildi;
- PQ-1 son qaror bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi, shu jumladan, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl belgilarini yangilash, svetoforlarni tiklash, yoʻlovchilar, ayniqsa bolalar xavfsizligi masalalari muhokama etildi.
Ushbu oʻrganishlar natijasida mahallalarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.
Oʻrganishlar natijalari yuzasidan mahalliy hokimiyat, mahalla mutasaddilari, faollar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






