Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi respublika ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda
2024-03-07 08:00:00 / Yangiliklar

Navbatdagi oʻrganishlar Sirdaryo viloyatining Xovos tumani ichki ishlar boʻlimidan boshlandi. Unda boʻlimning vatanparvarlik burchagi, navbatchilik qismi, tezkor-tergov guruh tarkibi faoliyati bilan tanishdi.
Ichki ishlar boʻlim boshligʻining tuman miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlari haqidagi maʼruzasi tinglandi.
Soʻng tumandagi “Oqchangal” mahallasiga borilib profilaktika inspektori faoliyati, ijtimoiy profilaktika tartibi boʻyicha suhbatlashildi.
Hudud tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda boshqa huquqni muhofaza qilish organlari va mahalla masʼullari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi aytildi.
Shuningdek, “Oqchangal” mahalla yettiligi masʼullari bilan uchrashib, olib borayotgan faoliyatlari bilan tanishib, tegishli taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi







