Buxoro viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi ishtirokida Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan sayyor oʻquv yigʻinlari oʻtkazilmoqda
2025-07-22 10:35:00 / Yangiliklar

Oʻquv yigʻini taqdimoti yuzasidan oʻtkazilgan seminarda Ichki ishlar vazirligi hamda Akademiya masʼullari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi va barcha oʻrinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va shaxsiy tarkib, hududiy studiyalardan shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining toʻliq shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Dastlab, IIV Akademiyasi maʼmuriy-tashkiliy faoliyat fakulteti boshligʻi soʻzga chiqib, tuman-shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, mahalla jinoyatchiligining barvaqt oldini olish hamda energetik xavfsizligini taʼminlash faoliyatini tashkil etishga oid bilimlarini yuksaltirish maqsadida oʻtkaziladigan onlayn oʻquv yigʻini yuzasidan maʼruza qildi.
Shundan soʻng, IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti, Tashkiliy-muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshoker hamda jangovar oʻqotar quroldan foydalanish va ularni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha oʻtkaziladigan sayyor oʻquv yigʻini yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdi.
Yakunda ushbu oʻquv yigʻinlarini tasdiqlangan grafik asosida namunali oʻtkazish yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






