IIV Jazoni ijro etish departamenti milliy kurash sport turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasida gʻolib boʻldi
2025-07-22 10:30:00 / Yangiliklar

JAR sport sogʻlomlashtirish markazida joriy yilning 17–19-iyul kunlari vazirlik tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida, IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti mezbonligida sportning milliy kurash turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu musobaqada Departament terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida mutlaq gʻolib boʻldi hamda Ichki ishlar vazirining diplomi va kubogi bilan tantanali tarzda taqdirlandi.
IIV JIED Axborot xizmati




