Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan Jarqoʻrgʻon tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlar oʻrganildi
2025-07-20 22:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 19-iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Nurli diyor”, “Dehqonobod” mahallalarida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirib, mahalla yettiligi aʼzolari ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida, mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, mahallani xavfsiz hududga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida urgʻu berildi. Boshqarma boshligʻi ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini uqtirdi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ijtimoiy profilaktika hamda mahalla yettiligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganilib, bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berib oʻtdi.
Uchrashuv yakunida, boshqarma boshligʻi tomonidan mahallalarda fuqarolar xavfsiz yashashlari uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi aytilib, mahalla hududini xavfsiz maskanga aylantirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






