Namangan viloyati hududi boʻylab oʻtkazilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari muhokama qilindi
2025-07-20 19:05:00 / Yangiliklar

Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov rahbarligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida viloyat hokimining oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, daxldor tashkilot va muassasalar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda dastlab yoshlar bandligi va tadbirkorligini taʼminlash, oʻquvchilarning yozgi taʼtil davrini mazmunli oʻtkazish, doirasidagi ishlar yuzasidan viloyat tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Yigʻilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, turli yot gʻoyalardan asrash hamda ular oʻrtasida oʻtkazilayotgan profilaktik-targʻibot tadbirlari borasidagi ishlar ahvoli yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.
Viloyat hokimi har bir masala yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taʼsiri va samaradorligini oshirish lozimligini taʼkidlab, galdagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






