“Oʻzbekiston yulduzlari” jamoasi MDH davlatlari oʻrtasidagi xalqaro tanlovda faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi
2025-07-19 22:00:00 / Yangiliklar

Tojikiston Respublikasining Xoʻjand shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh yoʻl harakati inspektorlari” xalqaro koʻrik-tanlovida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan “Oʻzbekiston yulduzlari” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
IIV JXD YHXX rahbariyati, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining masʼul vakillari jamoamizni yuksak natijalar bilan samimiy muborakbod etib, esdalik sovgʻalar bilan taqdirladilar. Tadbir davomida jamoa aʼzolarining chuqur bilimi, fidoyiligi, jamoaviy birdamligi va chaqqonligi, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri va tezkor harakat qilish koʻnikmalari boʻyicha koʻrsatgan yuqori natijalari yuksak eʼtirof etildi.
Mazkur muvaffaqiyat IIV JXD YHXX tomonidan koʻrsatilgan tizimli tayyorgarlik, metodik va amaliy yordam natijasidir. Ular jamoa aʼzolarining tayyorgarlik jarayonlarini doimiy qoʻllab-quvvatlab, barcha zarur sharoitlarni yaratib berdilar.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati









