Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan Amudaryo tumanida haydovchilar ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2025-07-19 12:05:00 / Yangiliklar

Shu yilning 17-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov ishtirokida Amudaryo tumani Hokimligi majlislar zalida Amudaryo tumanida qoʻpol qoidabuzarliklar hamda 5 va undan koʻp qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida respublikamiz hududida ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, yuz bergan yoʻl-transport hodisalari oqibatida bir necha fuqarolarning hayoti oʻlim bilan yakunlanganligi, farzandlari yetim qolib ketganligi achinarli holat ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, respublikamiz hududida ogʻir yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, qoʻpol qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga qonun doirasida chora koʻrish boʻyicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati



