Andijon viloyati IIBda yosh xodimlar bilan davra suhbati va psixologik-trening mashgʻuloti oʻtkazildi
2025-07-18 09:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda psixolog Otabek Muhtorov bilan hamkorlikda IIV Akademiyasi bitiruvchilari ishtirokida “Ichki ishlar organlari xodimlarini fuqarolar bilan muomala madaniyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusida psixologik trening va davra suhbati tashkil etildi.
Unda yosh xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, harakatlariga toʻgʻri baho berishni shakllantirish, fuqarolar bilan muomalaga kirishdagi kamchiliklarga yechim topishi, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turgʻunligini taʼminlash, oʻzining muammolarini anglash, oʻziga xos yoʻl topish, boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Mutaxassis-psixolog tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy maʼnaviy ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyati davomida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan muhim maʼlumotlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









