IIV YHXX rahbariyati Qashqadaryo viloyatida yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi
2025-07-17 20:25:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, transport vositalari harakatini yanada qulay va xavfsiz qilish, aholining ijtimoiy hayot sifatini oshirish maqsadida yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, D-154b “Xonobod qishlogʻiga kirish” avtomobil yoʻlining 4-5 kilometr qismida piyodalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida zamonaviy trotuarlar qurilmoqda. Bu esa piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini yaratadi.
Shuningdek, D-150 “A-378 avtomobil yoʻli – Qarshi shahri” yoʻnalishining 49-50 km oraliqda keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ushbu yoʻlining 51-km xalqaro standartlarga mos ravishda koʻprik qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Mazkur inshoot nafaqat mahalliy, balki mintaqaviy transport aloqalarining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Yana bir muhim loyiha A-380 “Gʻuzor–Buxoro–Nukus–Beynau” avtomobil yoʻlining 65-km transport vositalarining xavfsiz burilish imkoniyatlarini oshirish maqsadida qayrilib olish joyi “noksimon“ shaklga keltirilmoqda.
Ushbu ishlar fuqarolarimiz uchun yanada qulay, xavfsiz hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, shuningdek, viloyatning transport-logistika salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati









