Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi
2025-07-17 11:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 16-iyul kuni Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev raisligida boʻlib oʻtgan hisobot yigʻilishida viloyat hududida oʻtgan 6 oy mobaynida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini saqlash borasida olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijalari tanqidiy muhokama qilindi.
Boʻlib oʻtgan muhokama yigʻilishida boshqarma sohaviy xizmat xodimlari, Andijon shahri boʻyicha IIO FMB va tuman IIB boshliqlari, oʻrinbosarlari, tergov hamda tashkiliy boʻlinma boshliqlari, IIVning viloyat hududidagi tuzilmalari boshliqlari va shahar-tuman IIBning barcha shaxsiy tarkibi videokonferensiya tizimi orqali tuman studiyalaridan ishtirok etdi.
Tahlillar asosida masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Xususan, Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan manzilli ishlar natijasida oʻtgan birinchi yarim yillik davomida viloyatdagi mavjud 909 ta mahallaning 539 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.
Shuningdek, viloyat hududida 6 oy mobaynida jami 227 ta yoʻl-transport hodisalari sodir etilib, oʻtgan yilga nisbatan 19 taga kamayishiga erishilgan.
Muhokama natijalariga koʻra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelgan bir qator rahbar va xodimlarga nisbatan qattiq intizomiy taʼsir choralari qoʻllanildi.
Shu bilan birga viloyat hududida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda boshqa hamkasblariga alohida oʻrnak koʻrsatib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib ragʻbatlantirildi.
Yigʻilish soʻnggida fuqarolar xavfsizligi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






