Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning oʻtgan olti oyida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2025-07-17 10:35:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning oʻtgan olti oyida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirovlar ishtirok etdi.
Videoselektorda hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yoʻl-harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi. Oʻz navbatida erishilgan natijalar bilan bir qatorda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtaldi.
Muhokamada jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan hududlarda tashkiliy, tezkor hamda profilaktik tadbirlar olib borish lozimligi qayd etildi. Shu maʼnoda masʼullarga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha koʻrsatmalar berilib, galdagi muhim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, yigʻilishda soha xodimlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, korrupsion holatlar, ayniqsa, tamagirlikka yoʻl qoʻyilishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, zarur talablar yetkazildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati





