Fargʻona viloyati Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat IIB boshligʻi generel-mayor Azizbek Ikramov hisobot berdi
2025-07-17 10:15:00 / Yangiliklar

16-iyul kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat boshqarmalari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga koʻra, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida 2025-yilning oʻtgan 6 oyida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi generel-mayor Azizbek Ikramovning hisoboti eshitildi.
Hisobotdan kelib chiqib, deputatlarni qiziqtirgan savollarga boshqarma boshligʻi tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






