Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Mingbuloq tumanida oʻrganish ishlari olib borildi
2025-07-16 13:40:00 / Yangiliklar

Boshqarma ishchi guruhi tomonidan tumandagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ahvoli, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, ijrochilik hamda xizmat intizomiga amal qilinishi ahvoli atroflicha oʻrganildi.
Dastlab, ishchi guruh tumandagi “qizil” toifada boʻlgan “Birlashgan” va “Qayrogʻochovul” mahallalarida boʻlib, unda mahalla yettiligi faoliyati hamda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil etildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, oʻrganish ishlari tuman IIBda davom etib, binolarida xodimlar hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, texnik taʼminot va koʻrilgan xavfsizlik chora-tadbirlari bilan tanishildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar boʻlim rahbariyati hamda tuman prokuraturasi ishtirokida muhokama qilindi.
Oʻrganishlar davomida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish va aholi bilan olib borilayotgan manzilli ishlarni jadallashtirish hamda kelgusida “qizil” toifadagi mahallalarni bosqichma-bosqich “yashil” toifaga oʻtkazish boʻyicha masʼul rahbarlar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati








