Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Buxoro viloyatidagi kriminogen vaziyati ogʻir “qizil” toifada boʻlgan mahallalarda oʻrganish ishlarini olib bordi
2025-07-16 09:15:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va boshqa mutasaddilari ishtirokida qizil toifadagi Buxoro shahrining Sadriddin Ayniy va Ahmad Donish, shuningdek, Gʻijduvon tumanidagi Pamuza mahallalarda oʻrganish ishlarini olib bordi.
Joriy yilning 8-iyul kuni davlatimiz rahbari huzurida oʻtkazilgan mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini taʼminlash chora-tadbirlariga oid taqdimotda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari oʻzi masʼul etib biriktirilgan Buxoro viloyatining hududlarida, ayniqsa kriminogen vaziyati ogʻir qizil toifadagi mahallalarida oʻrganish ishlarini olib bordi.
Oʻrganishlar davomida ushbu mahallar jinoyatchiligi yettilik vakillari va boshqa masʼullar ishtirokida tanqidiy tahlil qilindi hamda voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar va oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarni jilovlash, kiberjinoyatlarning oldini olish, aholi oʻrtasida profilaktik-targʻibot tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






