“Xavfsiz va sogʻlom yurt”: Toshkent viloyatida kuchaytirilgan tungi nazorat tadbirlari boshlandi
2025-07-16 10:45:00 / Yangiliklar

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent viloyati boʻylab jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan keng masshtabdagi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari tashkil etiladi.
Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan xizmat oldi yoʻriqnomasida viloyat IIBB rahbariyati ishtirok etib, tungi xizmatga kirishgan xodimlarga faoliyatda ahamiyat qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar, masʼuliyat va hushyorlik borasida koʻrsatmalar yetkazildi.
Xodimlar saf yurishi bilan joylarga tarqatilib, aholi tinchligini taʼminlash uchun tungi xizmatga kirishdilar.
Tungi nazorat tadbirlari davomida fuqarolarimizni xizmatdagi ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talablarini bajarishga chaqiramiz.
Toshkent viloyati IIB Axborot xizmati









