Jizzax viloyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yangi yondashuvlar muhokama qilindi
2025-07-16 09:34:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Akmal Savurboyev boshchiligidagi viloyat IIB, viloyat prokuraturasi, DXX viloyat boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Zomin va Yangiobodlik yoshlarni otaliqqa olgan tumanlar masʼullari bilan muloqot oʻtkazishdi.
Tuman hokimligida oʻtgan yigʻilishlarda yoshlarning jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashish, tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini taʼminlash, maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etish borasidagi ishlar tanqidiy-tahlil qilindi. Majlis davomida yosh avlod vakillariga ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan vazifalar belgilandi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









