Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev Maʼmuriy qamoqxonada jazo oʻtayotganlar bilan uchrashdi
2024-03-03 10:10:00 / Yangiliklar

Boshqarma boshligʻining oʻrganishlari dastlab ushbu maskanda xodimlar va jazo muddatini oʻtayotganlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga zaruriy topshiriqlar berib oʻtildi.
Shundan soʻng qabul boshlanib, unda mahkumlarning jazo muddatini oʻtashda belgilangan tartib qoidalarga rioya etishlari, qilmishidan toʻgʻri xulosa chiqarib kelgusida jamiyat va oilasiga naf keltiradigan ish bilan shugʻullanishlari lozimligi taʼkidlandi.
Qabul davomida mahkumlarning ishsizlik, moddiy yordam, tibbiy muolaja singari masalalardagi murojaatlari ham tinglandi. Ushbu murojaatlarni mutasaddi tashkilot vakillari bilan hamkorlikda, qonuniy tartibda oʻrganib chiqib amaliy yordam berilishi aytildi. Baʼzi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



