Vazirlik ishchi guruhi tomonidan Navoiy viloyati IIB xodimlari ishtirokida maxsus oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi
2025-07-15 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligining reja-topshirigʻiga asosan Navoiy viloyati IIB xodimlari uchun “Jangovar qurollar, maxsus vositalarning taktik-texnik xususiyatlari, ularni xizmat vaqtida qoʻllash tartibi hamda huquqiy asoslari“ boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
Oʻquv mashgʻulotining dastlabki kunida Boshqarma apparati hamda viloyat IIB JXX YHXB xodimlari ishtirok etdilar. Oʻ
Oʻquv mashgʻuloti davomida AKS-74 avtomati, qurolni toʻliqsiz qisimlarga ajratish va yigʻish, undan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, maxsus vositalar, elektroshok qurilmasini qoʻllash tartibi hamda huquqiy asoslari yuzasidan muhim eslatma va koʻrsatmalar berildi.
Jarayonida xodimlarning nazariy bilimlari ham baholab borildi.
Oʻquv mashgʻulotlari viloyatning barcha hududlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati






