Namangan viloyati IIBda boshqarma va quyi tizimlarda xizmat qilayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun shaxsiy qabul boʻlib oʻtdi
2025-07-15 09:00:00 / Yangiliklar

Boshqarma rahbariyati tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, ularning muammo va takliflari doimiy ravishda oʻrganib borilmoqda.
Jumladan, Boshqarma boshligʻi tomonidan shahar-tumanlarda xizmat olib borayotgan 10 nafar xodimlar qabul qilindi.
Qabul davomida ulardan ijtimoiy himoya, lavozimlarini oʻzgartirish va boshqa shaxsiy masalalar bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushdi.
Qabul qilingan murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etilib, 4 tasi esa muddat talab qilinganligi sababli alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



