Fargʻona viloyat IIBda korrupsion holatlarning oldini olish boʻyicha videoselektor yigʻilishi tashkil qilindi
2025-07-14 15:10:00 / Yangiliklar

Fargʻona viloyat IIBda Prezidentimizning kuni kecha oʻtkazgan yigʻilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, tizimda korrupsion holatlarning oldini olish, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda tergov sifatini oshirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi tashkil qilindi.
Viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan olib borilgan yigʻilishda xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash haqida soʻz yuritildi.
Tergov sifatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, soha xodimlari orasida tamagirlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





