Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-07-14 14:15:00 / Yangiliklar

Qabul davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov tomonidan fuqarolarning, shuningdek, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, 21 fuqaroning ichki ishlar organlariga tegishli boʻlgan murojaatlari koʻrib chiqildi.
Asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituvga olingan murojaatlar boʻyicha manzilli choralar belgilanib, tegishli soha xizmatlari rahbarlariga ijro muddatlari aniq belgilanib, koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Bunday qabullar tasdiqlangan reja asosida respublika va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan muntazam ravishda oʻtkazib boriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati




