Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida sayyor oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda
2025-07-12 09:00:00 / Yangiliklar

Fargʻona viloyatida Ichki ishlar vazirining 2025-yil 5-iyul kungi tegishli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida maxsus vositalar, elektroshoker hamda jangovar oʻqotar quroldan foydalanish va ularni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha sayyor oʻquv yigʻinlari boshlandi.
Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tarkibidagi malakali mutaxassislar tomonidan tashkil etilayotgan oʻquv mashgʻulotlarining birinchi kunida Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasining apparat xodimlari hamda 1-mintaqaviy hudud tarkibiga kiruvchi shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlarining bilim va malakasi oshirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






