Navoiy viloyati IIB xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilik talablari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
2025-07-12 09:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati IIB boshligʻi huzurida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda viloyat IIBning barcha shaxsiy tarkibi, mustaqil boshqarma boʻlim-sohaviy xizmat rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, shahar-tuman IIB boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari ishtiroki taʼminlandi.
Unda kriminogen vaziyatni yaxshilash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar atroflicha tahlil etilib ayrim xodimlarning faoliyati tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, sarhisob yigʻilishida xodimlarning jismoniy va jangovar shayligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tashkil etish, xizmat yoʻriqnomasida keltirilgan vazifalarni sidqidildan bajarish lozimligi alohida taʼkidlandi.
Soʻzga chiqqan masʼullar tomonidan muhokama etilgan masalalar yuzasidan xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati






