Samarqand viloyatida “Otam, onam va men-sportchilar oilasi” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasi oʻtkazildi
2025-07-10 19:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30 oktabrm kunidagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-sonli Farmoni, Ichki ishlar vazirining 2024-yil 05 oktabrm kunidagi va viloyat IIB boshligʻining 2025-yil 05-iyunm kunidagi buyruqlariga asosan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalari shaxsiy tarkibi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, xodimlar farzandlarini yozgi taʼtillarini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Otam, onam va men-sportchilar oilasi” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada xodimlar, ularning turmush oʻrtoqlari va bir nafardan farzandlari ishtirok etishib, 5 ta shart boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.
Ushbu shartlarda xodimlar oila aʼzolarining barchasi estafeta shartlarida ishtirok etishdi.
Qiziqarli bahslarga boy boʻlgan musobaqada 3-oʻrinni Bulungʻur tumani Ichki ishlar boʻlimi 1-sonli mahalla huquq-tartibot maskani Post-patrul xizmati inspektori safdor Aralov Anvar Hamroqulovich oilasi, 2-oʻrinni Kattaqoʻrgʻon tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi inspektori kapitan Qarshiyev Umar Abdimurotovich oilasi, faxrli 1-oʻrinni Nurobod tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektori kapitan Qoʻchqorov Jamshid Davronovich oilasi qoʻlga kiritdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati





