Andijon viloyatida IIV ishchi guruhi tomonidan sayyor oʻquv yigʻinlari tashkil etilmoqda
2025-07-09 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 5-iyul kungi tegishli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshoker hamda jangovar oʻqotar quroldan foydalanish va ularni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha sayyor oʻquv yigʻinlarini tashkil etish yuzasidan ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, ishchi guruh rahbari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash departamenti Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi boshchiligida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining apparat xodimlari hamda mustaqil boshqarma va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlari bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Hozirda ishchi guruh tomonidan oʻquv mashgʻulotlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






