Buxoroda ichki ishlar faoliyati tahlil qilindi: kamchiliklar muhokama qilindi, faollar mukofotlandi
2025-07-08 11:45:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligida oʻtgan haftada amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan navbatdagi kengaytirilgan tezkor yigʻilish videokonferensiya orqali oʻtkazildi. Yigʻilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini xorda ijro etish bilan boshlandi.
Maʼnaviyat darsi doirasida “Davlat gerbi – Mustaqillik timsoli” mavzusida maʼruza qilindi. Shundan soʻng jinoyatlar va huquqbuzarliklar tahlili, murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar, “E-material” platformasi orqali nazorat, qidiruv va profilaktik tadbirlar, oilaviy zoʻravonlik va kiberjinoyatlar oldini olish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, Prezident qaroriga muvofiq mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish holati ham koʻrib chiqildi. Yigʻilish yakunida intizom buzgan xodimlarga choralar koʻrildi, faol xizmat qilganlarga esa unvon va mukofotlar topshirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






