Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi
2025-07-08 11:20:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Farux Xaydarovning fuqarolar murojaatlariga bagʻishlangan navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi.
Ushbu qabulda boshqarma rahbariyati tomonidan tergov va surishtiruv ishlari, migratsiya hamda boshqa yoʻnalishlarda fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida roʻyxatga olingan barcha murojaatlarning oʻz vaqtida va qonuniy asosda hal etilishi uchun masʼullar belgilanib, ularga aniq va tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bu kabi qabullar aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, muammolarni joyida va tezkor hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






