Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida xizmat oldi yigʻin oʻtkazilib, “Xavfsiz tun“ profilaktik tadbiri doirasida xizmat boshlandi
2025-07-08 02:10:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov boshchiligida xizmat oldi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirok etdi.
Tungi xizmat davomida xodimlarga nisbatan sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlanib, shu maqsadda tungi profilaktik reydlar tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






