Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi
2025-07-07 13:10:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolar, shuningdek yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, 22 ta fuqaroning ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan murojaatlari koʻrib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Bu kabi qabullar tasdiqlangan reja asosida respublika hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan doimiy ravishda oʻtkazib boriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






