Andijon viloyati IIB rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-07-07 13:10:00 / Yangiliklar

Xalq dardini tinglash, odamlar muammosiga yechim topish, aholi bilan yaqindan muloqot oʻrnatish bugungi kunda har bir rahbar oldidagi eng dolzarb va eng ustuvor vazifadir.
Ayni shu maqsadda joriy yilning 6-iyun kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Shaxsiy qabulda yurtdoshlarimizning har bir murojaati yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









