IIV rahbariyati tomonidan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti markaziy apparati hamda hududiy boshqarma va boʻlinmalarining bir guruh xodimlari taqdirlandi
2025-07-07 11:15:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov huzurida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida soha xizmatlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston milliy teleradiokanali siyosiy sharhlovchisi, YUNESKO Akademigi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Shuhrat medali” sohibi, Karimbekov Qobilbek Toʻxtabekovichga maʼruzasi tinglandi maʼnaviyat va maʼrifat darsi davomida Oʻzbekiston respublikasi hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻtgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun xamda xizmat intizomi buzilish holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik departament masʼul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkibga oʻqib eshittirilib, baʼzi xodimlarni yurish turishi xizmat intizomi qonunchilikka qatʼiy rioya qilish kerakligi taʼkidlab oʻtildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarini ona vatanga va xalqiga sodiq kasbiga fidoyi mustaqil fikrlaydigan izlanuvchan intiluvchan ziyrak hushyor xamda istiqlol gʻoyalariga sadoqatli boʻlgan maʼnaviyatli va maʼrifatli tarbiyalashda aynan maʼnaviyat va maʼrifat darslarini oʻrni beqiyosdir
Shuningdek, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti markaziy apparati hamda hududiy boshqarma va boʻlinmalarining bir guruh xodimlariga huquq-tartibotni taʼminlash borasida hamkasblari orasida alohida oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlarga esdalik sovgʻalari hamda samarali mehnatlar, xizmatda bir qator erishilgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida maxsus unvonlar topshirildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi





