Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati Prezident qarori ijrosi yuzasidan Denov tumanida tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazdi
2025-07-06 09:00:00 / Yangiliklar

Denov tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi rahbariligida Prezidentimizning joriy yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi, tumandagi kriminogen vaziyat tanqidiy muhokama qilindi.
Denov tuman hokimligi binosida Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, tumandagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar muhokamasiga bagʻishlangan tanqidiy ruhdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Viloyat IIB boshligʻi polkovnik Timur Ismailov huzurida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishida, tuman hokimi, prokurori, mahalla yettiligi va faollari, nuroniylar hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda, masʼullar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha olib borilgan ishlari tanqidiy muhokama qilinib kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





