Jizzax viloyatida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-07-06 09:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Akmal Savurboyev, viloyat IIB, DXX viloyat boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari rahbarlari Paxtakor tumanida yigʻilish oʻtkazishdi.
Tadbirda hudud yoshlarini otaliqqa olgan tumanning huquq-tartibot va mudofaa organlari mutasaddilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shu maʼnoda amalga oshirilgan ishlar bilan birga sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan ayrim masʼullar faoliyati tanqid qilinib, olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilandi.
Shuningdek “Dolzarb 90 kun” tadbirini uyushqoqlikda oʻtkazish boʻyicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, rahbarlar Mirzachoʻl tumanida ham boʻlib, yoshlarni otaliqqa olgan tumanning huquq-tartibot va mudofaa organlari mutasaddilari bilan uchrashishdi.
Yigʻilishda amalga oshirilgan ishlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Shu kuni viloyat IIB boshligʻi bir guruh Mirzachoʻl tuman yoshlari bilan ham muloqot qildi.
Qabulda ularning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masalalariga mutasaddilar ishtirokida yechim izlandi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









