Fargʻona viloyati IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov Quva tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2025-07-05 12:20:00 / Yangiliklar

Jismoniy hamda yuridik shaxslarning IIO tizimi bilan bogʻliq masalalari boʻyicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur oʻrganish va qonuniy hal etish maqsadida tumanning Turk mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Oʻtkazilgan qabulda jami 35 nafar fuqarolardan 37 ta murojaatlar kelib tushdi. Ularning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, 8 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi va koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha muddat talab etiladigan 20 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






