Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasi Jamoat xavfsizligi departamentining delegatsiyasi Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi
2025-07-05 11:25:00 / Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasi Jamoat xavfsizligi departamentining birinchi oʻrinbosari Yan Shanvey boshchiligidagi delegatsiya Respublikamizga tashrif buyurib, ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqinlan tanishdi. Tashrif chogʻida delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar IIBB da ham boʻlishdi.
Delegatsiya aʼzolari Axborot multimedia markaziga tashrif buyurishdi hamda poytaxt IIBB faoliyatining yoritilishi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotning yoʻlga qoʻyilgani, axborot va xabarlarning oʻz vaqtida jamoatchilikka yetkazilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar ularda katta taassurot qoldirdi.
Poytaxt Bosh boshqarmasida tashkil etilgan Ichki ishlar tizimining ilk faoliyatidan boshlab shu kunigacha hikoya qiluvchi “Shon-sharaf” muzeyi, muzey eksponatlari hamda xizmat vazifasini bajarish chogʻida mardona halok boʻlgan xodimlarga koʻrsatilgan chuqur ehtirom ularning eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Shuningdek, mehmonlar Bosh boshqarma Yagona tezkor boshqaruv markazida boʻlishib, bu yerda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy texnologiyalar, xodimlarning ish uslublari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar.
Tashrif yakunida mehmonlar bilan oʻzaro tajriba almashish, keyingi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida kelishib olindi. Uchrashuv har ikki tomonda iliq taassurotlar qoldirdi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati









