Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual va professional salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha doirasida navbatdagi amaliy ishlar boshlandi
2025-07-03 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi tomonidan imzolangan muzokaralar bayoniga muvofiq Koreya milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari IIV Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi O.T.Axmedov, vazirlikning tegishli mutaxassislari va institut rahbariyati ishtirok etdi.
Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda muzokaralar bayonida belgilangan vazifalarni ijrosi, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish, loyihaning bosh rejasini har tomonlama mukammal ishlab chiqish hamda virtual haqiqat (VR) tizimini joriy etish yuzasidan fikrlar almashildi va muhokama etildi.
Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solinishi, shuningdek oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.
IIV Malaka oshirish instituti








